Hammasi bitta hujjatda
Word moduli yakunlandi. Bugun 21–39-darslarda o‘rganilgan barcha ko‘nikmalarni – matn, uslublar, jadval, rasm, mundarija, sahifa raqamlari, izoh va manbalar – birlashtirib, 3–5 sahifali hujjatni mustaqil tayyorlaysiz va uni mezonlar asosida baholaysiz.
Bilim
Word modulining barcha asosiy tushunchalari tizimli takrorlanadi: interfeys, formatlash, uslublar, jadval va rasm, maket, havolalar, ko‘rib chiqish va chop etish.
Ko‘nikma
Belgilangan vaqtda talablarga mos hujjat tayyorlash, xatolarni ko‘rib topish, o‘z ishini mezon bo‘yicha xolis baholash.
Amaliy natija
3–5 sahifali hujjatni mustaqil tayyorlash: matn, uslublar, jadval, rasm, avtomatik mundarija va sahifa raqamlari bilan.
Nazorat tartibi
- 00–05Topshiriq sharti, variant tanlash5 daq
- 05–10Baholash mezonlari bilan tanishish5 daq
- 10–20Takrorlash: blits-test va “Xatoni toping”10 daq
- 20–80Mustaqil ish: hujjat tayyorlash (taymer)60 daq
- 80–85O‘z-o‘zini baholash va topshirish5 daq
- 85–90Yakun: test va keyingi modulga ko‘prik5 daq
Ikki talaba bir xil matnli hujjat topshirdi. Biri 25 dan 24 ball oldi, ikkinchisi 15 ball. Matn bir xil bo‘lsa, 9 ball qayerda yo‘qoldi? Javob “Xatoni toping” tajribasida – ko‘pincha ball mazmunda emas, rasmiylashtirishda yo‘qoladi.
Microsoft Word ning birinchi versiyasi 1983-yilda chiqqan. O‘shandan beri u ofis hujjatlari uchun eng keng tarqalgan matn muharrirlaridan biri bo‘lib qolmoqda va uning .docx formati 2006-yilda ECMA, 2008-yilda ISO/IEC 29500 xalqaro standarti sifatida qabul qilingan (Office Open XML).
Kerakli jihozlar
- Har bir talabaga Word 2024 o‘rnatilgan kompyuter
- Topshirish uchun umumiy papka yoki fleshka
- Proyektorda taymer (shu sahifa)
Topshiriq sharti
Tanlangan mavzu bo‘yicha 3–5 sahifali Word hujjati tayyorlang. Matnni o‘zingiz yozasiz (kamida 1,5 sahifa sof matn); internetdan olingan ma’lumotga albatta manba ko‘rsatiladi. Fayl nomi: Familiya_Ism_Nazorat.docx va shu nomli PDF.
Variantingizni tanlang
Hujjatning majburiy elementlari
| # | Element | Talab | Qaysi dars |
|---|---|---|---|
| 1 | Titul varaq | ADU, kafedra, mavzu (Title uslubi), bajardi/tekshirdi, Andijon – 2026; sahifa raqami yo‘q | 31, 33 |
| 2 | Mundarija | Avtomatik (References → Table of Contents), yangilangan | 35 |
| 3 | Sahifa sozlamalari | A4; hoshiyalar: chap 3 sm, o‘ng 1,5 sm, yuqori va past 2 sm (o‘qituvchi boshqa talab bermagan bo‘lsa) | 32 |
| 4 | Matn | Times New Roman yoki mavzu shrifti, 14 pt, satr oralig‘i 1,5; ikki tomonga tekislash; xatboshi chekinishi 1,25 sm | 23, 24 |
| 5 | Sarlavhalar | Heading 1 (bob/bo‘lim), Heading 2 (paragraf); kamida 3 ta sarlavha | 25, 34 |
| 6 | Ro‘yxat | Kamida bitta belgili yoki raqamli ro‘yxat | 25 |
| 7 | Jadval | Kamida 3×4, sarlavha qatori, Table Design uslubi, “Jadval 1” sarlavhasi | 27, 28, 36 |
| 8 | Rasm yoki shakl | Kamida 1 ta, Wrap Text to‘g‘ri, “Rasm 1” sarlavhasi, matnda havola | 29, 30, 36 |
| 9 | Sahifa raqami va kolontitul | Pastda markazda; titulda yo‘q (Different First Page) | 31 |
| 10 | Izoh va adabiyotlar | Kamida 1 ta Footnote; kamida 3 ta manbali ro‘yxat (Bibliography yoki qo‘lda, yagona uslubda) | 36 |
| 11 | Yakuniy holat | Imlo tekshirilgan, tuzatish va izohlar qolmagan, PDF nusxa | 38, 39 |
25 ball qayerdan keladi
Umumiy mezon – Word hujjatining mazmuni va rasmiylashtirilishi: 25 ball. U quyidagi 10 ta bandga taqsimlanadi. Har bir band uchun “to‘liq”, “qisman” yoki “yo‘q” holatini o‘qituvchi belgilaydi; siz esa topshirishdan oldin xuddi shu jadval bo‘yicha o‘zingizni tekshirasiz.
| # | Mezon | Ball | To‘liq ball uchun |
|---|---|---|---|
| 1 | Mazmun va hajm | 4 | Mavzu ochilgan, mantiqiy tuzilma (kirish – asosiy qism – xulosa), 3–5 sahifa, o‘z so‘zlari bilan |
| 2 | Sahifa sozlamalari | 2 | A4, talab qilingan hoshiyalar, kerak bo‘lsa bo‘limlar to‘g‘ri |
| 3 | Matn formatlash | 3 | Shrift, o‘lcham, satr oralig‘i, tekislash, xatboshi chekinishi bir xil; ortiqcha Enter/probel yo‘q |
| 4 | Uslublar va dizayn | 3 | Heading 1/2 uslublari, yagona mavzu, qo‘lda bo‘yalgan sarlavha yo‘q |
| 5 | Ro‘yxat va jadval | 3 | Avtomatik ro‘yxat; jadval sarlavha qatori, sahifaga sig‘adi, Caption bor |
| 6 | Rasm yoki shakl | 2 | To‘g‘ri joylashuv va Wrap Text, Caption, matnda havola |
| 7 | Mundarija | 3 | Avtomatik, barcha sarlavhalar bor, raqamlar to‘g‘ri (yangilangan) |
| 8 | Sahifa raqami va kolontitul | 2 | Raqamlar to‘g‘ri, titulda raqam yo‘q |
| 9 | Izoh va manbalar | 2 | Footnote, adabiyotlar ro‘yxati yagona uslubda, iqtiboslarga havola |
| 10 | Savodxonlik va yakuniy holat | 1 | Imlo xatolari yo‘q, Track Changes/izohlar qolmagan, PDF nusxa bor |
| Jami | 25 |
Eng ko‘p uchraydigan yo‘qotishlar: qo‘lda yozilgan mundarija (−3 gacha), sarlavhaga uslub berilmagan (mundarija ham buziladi), titulda sahifa raqami, sahifadan chiqib ketgan jadval, manbasiz ko‘chirilgan matn. Manbasiz ko‘chirilgan (plagiat) ish butunlay qayta topshirtirilishi mumkin – bu o‘qituvchi qaroriga bog‘liq.
Tez eslash
Nazoratdan oldin 10 daqiqa “qizib olish”. Avval blits-test: har savolga 20 soniya. Keyin buyruqlarni yorliqlarga ajrating va tezkor tugmalarni eslang.
Blits-test: 12 savol, 20 soniyadan
0Buyruq qaysi yorliqda?
Tezkor tugmalar
12 ta xatoni toping
Bu – bir talabaning “topshirishga tayyor” deb hisoblagan hujjati (Show ¶ yoqilgan). Unda 12 ta rasmiylashtirish xatosi bor. Xato deb o‘ylagan joyni bosing. To‘g‘ri bajarilgan elementni bossangiz, jarima ochkosi yoziladi – diqqat bilan qarang!
Xatoni toping
0 / 12Jarima: 0Hujjat tayyorlash ketma-ketligi
60 daqiqani to‘g‘ri taqsimlash uchun ishni qaysi tartibda bajarish samarali?
Topshirishdan oldin tekshiring
Hujjatni tayyorlab bo‘lgach, har bir bandni haqiqiy Word da tekshirib belgilang. Belgilar shu kompyuterda saqlanadi.
O‘zingizni xolis baholang
Har bir mezon bo‘yicha hujjatingizga mos ballni bosing. Varaq ballni hisoblaydi va qaysi bandlarda ball yo‘qotayotganingizni ko‘rsatadi. Yakuniy bahoni o‘qituvchi qo‘yadi – bu varaq o‘zingizni tekshirish uchun.
O‘z-o‘zini baholash varag‘i
Vaqt tugayotgan bo‘lsa
Yakuniy 10 savol
Biz nimani o‘rgandik
1. Matn va uslub
Font, Paragraph, ro‘yxat; Heading uslublari va Design mavzusi – yagona, boshqariladigan ko‘rinish.
2. Tuzilma
Jadval, rasm, matn qutisi; bo‘limlar, kolontitullar, sahifa raqami; avtomatik mundarija, izoh, manba va Caption.
3. Yakunlash
Mail Merge bilan ommaviy hujjat; Review bilan hamkorlik; Print va PDF – tayyor hujjat.
Atamalar lug‘ati
Mustaqil ish
- Nazorat hujjatingizni o‘qituvchi izohlari asosida tuzating (Review → Accept/Reject) va yakuniy PDF ni topshiring.
- O‘z-o‘zini baholash varag‘ida eng kam ball olgan 2 ta mezon bo‘yicha tegishli darsni qayta ko‘rib chiqing.
- Keyingi modulga tayyorgarlik: PowerPoint 2024 ni oching va uning lentasini Word bilan solishtiring – qaysi yorliqlar bir xil, qaysilari yangi?